Joriy yilning 24–25-yanvar kunlari Navoiy davlat universitetida ishchi guruhi kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-oktabr “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-378-son hamda “Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-430-son qarorlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda raqamlashtirish, shuningdnek, ta’lim sifatini oshirish, ilimiy-tadqiqotlarning natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtrish, talaba yoshlarda tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy-texnik ta’minot, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi sohalarda bajarish lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ilgari surdi.