loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDU va NDKTU rektorlari boshchiligida kengash hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga koʻmak beradi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalari ishtirokini ta’minlash to‘g’risida”gi buyrug’i asosida bugun Navoiy davlat universiteti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rahbariyati, mutaxassis olimlari ishtirokida kengash yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashning navbatdagi yig‘ilishida hududlar kesimida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokma qilindi. Asosiy maqsad tuman va shaharlar iqtisodiyotiga yangi sohalarni kiritish, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportdagi ulushni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va ularni joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqish sanaladi.

Shuningdek, innovatsion hududga transformatsiya qilinayotgan hududlar tajribalarini viloyatning boshqa tuman va shaharlarida joriy qilishni tashkillashtirish, tuman va shaharlarda ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazishga alohida ahamiyat qaratiladi.