Navoiy davlat universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, talabalar turar joylarida Fizika-texnologiya fakulteti tomonidan turli tadbirlar o‘tkazib kelinadi.
Talab va istaklar asosida tashkil etilayotgan “Zakovat”, “QVZ”, “Shaxmat”, “Kitobxonlik” va turli sport bellashuvlarida talabalar zo‘r qiziqish bilan ishtirok etib kelmoqdalar. Fakultet kafedralari o‘qituvchilari ham TTJda bo‘lib, “Mahorat darslari” ni ham tashkil qilib borishmoqda. Fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.Kamalova talaba-qizlar bilan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash”, “Balog‘at yoshidagi qizlarning psixo-emotsional holati va uni boshqarish”, “Xotin-qizlarning oilada va jamiyatda tutgan o‘rni” kabi mavzulardagi o‘tkazgan davra suhbati, talaba-qizlarning qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari borasidagi fikr-mulohazalari asosida tashkil etildi.