loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Talabalar haftaligi-2024” tadbirlari doirasida fakultetlararo musobaqalar o‘tkazildi

 Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin barcha sohalarda, jumladan ta’lim sohasida ham ma’lum bir islohotlar o‘tkazildi va o‘tkazilmoqda. Mamlakatimizda yoshlarni kasbga yo‘llash, malakali mutaxassis etib tayyorlash ishlari o‘quv yurtlaridan boshlanadi. Ana shu ishlarni bajarishda ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga ham ko‘p narsa bog’liq bo‘ladi. NavDU ustoz-murabbiylar tomonidan yoshlarni darsdan bo‘sh vaqtlarida oziq-ovqat mahsulotlari va ulardan taomlar tayyorlash texnologiyasi to‘g’risida turli to‘garaklarda mahorat darslari o‘tkazilib, tanlovlar tashkil etib kelinmoqda.

Universitetimizda davom etayotgan  “Talabalar haftaligi-2024” tadbirlari doirasida “Shashlik day” koʻrik-tanlovini bo‘yicha “Rektor kubogi” uchun fakultetlararo musobaqalarni o‘tkazildi. Shashlik turlari, tayyorlash sifatiga bo‘lgan talablar, pishirish va dasturxonga tortish jarayonlari turli xilda bezash bo‘yicha yoshlar o‘zlarining oshpazlik va pazandalik mahoratlarini namoyish etishdi. Tanlovni baholash “Texnologik ta’lim” kafedrasining maxsus fan o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirildi. Agar siz o‘zbek oshxonasining ta’mini o‘rganishga qiziqsangiz, bu sizga zavq bag‘ishlaydi! O‘zbek pazandachiligi oila va do‘stlar bilan baham ko‘rish uchun juda mos bo‘lgan samimiy, mazali taomlari bilan mashhur.

G‘ijduvon shashligi butun dunyoga  mashhur taom, uni mol, qo‘y yoki tovuq go‘shti bilan pishirish mumkin. Bugun talabalar tomonidan tayyorlangan barcha shashliklar bir biridan mazzali bo‘lganligi bizni lol qoldirdi. To‘g‘risini aytaman bunaqa yuqori saviyada tashkil etilgan tanlovda ishtirok etayotganimdan juda xursandman. Yoshlarimizni mahoratiga qoyil qolish kerak…”-dedi “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri, dots. Sh.Ochilov.