Navoiy davlat universiteti Faollar zalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Tilavov bilan O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov so‘zga chiqib, A.Tilavovning ilmiy va ijodiy yo‘li, faoliyatining adabiyoshunosligi, tarjimashunosligi, taraqqiyotga ta’siri haqida mulohazalarini bildirdi.
Shundan so‘ng, olimning “Alisher Navoiy ijodida komil inson g’oyasining badiiy talqini” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Jonli muloqot tarzida davom etgan mazkur uchrashuvda qiziqarli va jumboqli savollarga olimning tiyrak nigohi, sermushohada qarashlari orqali javoblar berildi.