O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi PQ-259-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlarning jismoniy hamda aqliy yetukligini yanada shakllantirish, milliy xalq o‘yinlarini keng targ’ib etish, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Navoiy davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovining milliy harakatli sport o‘yinlari musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Tarix, San’atshunoslik, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlarining jamoalari sportning shaxmat, ramziy bayroq chizish, yugurish, to‘pni bastketbol to‘riga tushurish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.