loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Fizika-texnologiya fakultetida Ota-onalar kongressi o‘tkazildi

 NavDUning barcha fakultetlarida bo‘lgani kabi “Fizika-texnologiya” fakultetida ham navbatdagi  “Ota-onalar kongressi” o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani, professor I.Kamolov kirish so‘zi bilan ochib berib,  ishtirok etayotgan ota-onalarni, avvalo, farzandlarining talabalik baxtiga erishganliklari bilan samimiy qutladi hamda universitetdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishini ta’kidlab o‘tdi.  Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar universitet  faoliyati, xususan, ta’lim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi.

“Men Qashqadaryo viloyatidan keldim. Qizim astronomiya yo‘nalishiga o‘qishga kirdi,  Bugun NavDU faoliyati bilan tanishdim, sharoitlari juda yaxshi. Zamonaviy laboratoriyalarni ko‘rib ko‘zlarimga ishonmadim. O‘zim o‘qimaganman, niyat qilib bolalarimni o‘qityapman. Farzandlarimning ta’lim-tarbiya olishi bu men uchun baxt. Qizim yurtimizdagi eng ilg‘or universitetda tahsil olayotganiga ishonchim komil bo‘ldi. Yotoqxona sharoitlarini ham ko‘zdan kechirdim, shinam xonalarda yashayapti, ko‘nglim to‘ldi.  Navoiy davlat universiteti rahbariyati va ota-onalar uchrashuvi tomonlar uchun manfaatli bo‘ldi. Bugungi muloqotda farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldik. Domlalariga rahmat. Qurilayotgan yangi universitet kаmpusi bilan tanishdik. O‘zgarishlar katta. Juda yaxshi ishlar qilingan. Butunlay yangi va zamonaviy universitet ko‘z oldimda namoyon bo‘ldi. Prezidentimizga rahmat…”- dedi  Qashqadaryolik ota Mashrab Shamiyev.