Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetining bitiruvchi kurs talabalari bilan oʻtkazilgan tadbirda davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, meritokratiya tamoyili asosida davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish tizimi, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni davlat fuqarlik xizmatiga jalb etish kabi masalalar eʼtibor markazida boʻldi. Shuningdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan grantlar xususida qilingan taqdimot davomida yoshlarga stipendiya tanlovlarining talablari va qanday qilib Jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritish mumkinligi toʻgʻrisida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, ularning taklif va istaklari tinglandi.