Xabar berganimizdek, Navoiy davlat universitetida 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning barcha shakllari bo‘yicha imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Doktorantura bo‘yicha ajratilgan kvotalar soni esa 52 ta boʻlib, shundan 1 tasi maqsadli tayanch doktorantura, 46 tasi tayanch doktoranturaga (PhD), va 5 tasi doktorantura (DSc) ga ajratilgan. Universitet tomonidan jarayonlar ochiq, oshkora va adolatli o‘tkazilishi ta’minlangan bo‘lib, imtihonni jonli translyatsiya orqali online (https://us06web.zoom.us/j/3304676892?pwd=ZkZBFJVS6fbBTqDJGi9l2z28hDQ16Y.1) kuzatib borish imkoni bor.