O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-53-son Farmoyishi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularning o‘tkazish dasturining 44-bandiga asosan, Navoiy davlat universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha” onlayn test olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur olimpiadada universitetning barcha talabalari (kunduzgi, kechki, sirtqi) ishtirok etishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqod faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Xoshimovga murojaat qilishingiz mumkin.
Telefon: +998931577077.
Mas’ul: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, dotsent H.Abuyev.