loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat universiteti hamda Turkiyaning Anadolu universiteti o‘rtasida ilk bor Erasmus+ KA 171 ICM loyihasi yo’lga qo’yildi

Erasmus+ KA 171 ICM loyihasida ishtirok etish, bu ta’lim tashkilotlarning salohiyatini, jozibadorligini va xalqaro ko‘lamini oshiradi.

Shuningdek, bu loyiha oliy ta’lim muassasalarining xalqarolashtirish strategiyasiga muvofiq, Yevropa va boshqa davlatlarda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar mobillik loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashadi. Erasmus+ KA 171 ICM loyihasi ishtirokchilarga asosiy bilim va ko’nikmalarini, kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash va madaniyatlararo hamkorlikni boyitishga yordam beradi.

Loyihaning asosiy maqsadlari:
• Oliy ta’limda mukammallikni targ’ib qilish;
• Mehnat bozori integratsiyasi uchun ko’nikmalarni kuchaytirish (tashabbuskorlik ruhi, raqamli va lingvistik ko’nikmalar);
• Yangi texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish;
• Ijtimoiy tenglikni rag’batlantirish;
• Pedagogik va kasbiy salohiyat darajasini oshirish.