Navoiy davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusidagi bilimlar bellashuvining saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Bahslarda “Fizika-texnologiya” fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok etib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. “Tanlovning asosiy maqsadi talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chuqur bilimlarni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini mustahkamlashdir. Ushbu bilimlar bellashuvida ishtirok etgan talabalar korrupsiya tushunchasi, uning zararli oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asosi, shuningdek, unga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tajribalar haqida bilimlarini namoyon etdilar. Tanlov davomida talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik, huquqiy tushunchalar, mas’uliyat va burchlar, shuningdek, korrupsiyani oldini olishda bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu kabi tanlovlar yoshlarning huquqiy ongini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.