21-noyabr kuni xalqaro reytinglar sohasida yetakchi tashkilotlardan biri bo‘lgan Times Higher Education va “Schmidt Science Fellows” jamg‘armasi ilk bor “Interdisciplinary Science Rankings” (Fanlararo ilmiy reyting) natijalarini e’lon qildi.
Navoiy davlat universiteti ishbu reytingda “Reporter” maqomiga ega bo‘ldi va dunyoning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari orasida o‘z o‘rnini mustahkamladi!
Reytingdan asosiy maqsad — oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi fanlararo tadqiqotlar hamkorligini kuchaytirish va global ilmiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
Interdisciplinary Science Rankings metodologiyasi yuqori darajadagi aniqlik va ishonchlilikni taʼminlash uchun quyidagi maʼlumotlarga asoslanadi:
➖157 million ilmiy manbadagi iqtiboslar
➖18 million ilmiy nashr
➖Dunyoning turli mamlakatlaridan 20,000 dan ortiq olimlar fikrlari.
Ushbu muvaffaqiyat universitet ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorligining samarasidir. Bu yutuqqa erishishda hissa qo‘shgan barcha xodimlarimiz, tadqiqotchilar va hamkorlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!
Ushbu natija Navoiy davlat universitetining xalqaro miqiyosida obro‘sini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Kelgusida universitet yanada yirik yutuqlarga erishishiga ishonamiz!