Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning har tomonlama raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishlariga shart-sharoit yaratish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, ularning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, talabalik nufuzini oshirish hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Yil talabasi-2024” Respublika tanlovi universitet bosqichi oʻtkazildi. Bunda talabalar oʻzlarining yutuqlarini taqdimot, yaratgan ishlari, qoʻl mehnati, ixtirolari asosida namoyish qilib, komissiya aʼzolari tomonidan savol-javoblar tarzida talabalarning bilimlari aniqlandi. Yakunda ishtirokchilarga faxrli oʻrin berilib, har bir yoʻnalishdan 1 nafar birinchi oʻrin olgan talabaga keyingi bosqich, respublika bosqichiga yoʻllanma beriladi.