loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Universitetda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev hamda NDU rektori Muxiddin Kalonov talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Dastlab uchrashuvni oliygoh rektori, professor Muxiddin Kalonov boshlab, tadbirning ahamiyati, undan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng, viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida, o‘zining talabalik damlari, bugunga qadar olib borgan faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Samimiy uchrashuvda talabalar viloyat yoshlar almanaxini tashkil etish, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo‘ynoq tumaniga yoshlar festivalini o‘tkazish, viloyatda grand loyihalar markazini barpo etish, ta’lim tashkilotlaridan tashqari boshqa korxona va tashkilotlarda talabalar amaliyoti va hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi qator takliflar bildirdi.