16-noyabr – Xalqaro bag’rikenglik kuni munosbati bilan Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakultetida Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqoralar jamiyatini boshqarish institutini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ishtirokida “O‘zbekiston — umumiy uyimiz!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda fakultet talaba yoshlari faol ishtirok etib, esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Sana munosabati bilan bu kabi tadbirlar, tanlovlar hamda bellashuvlar fakultetlarda davom etmoqda.