Barchamizga ma’lumki, yaqinda Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.
Ushbu ezgu ishni davom ettirish maqsadida joriy yilning 13-noyabr sanasida Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani G. Shamsidinova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Q. Umarov, fakultet tyutorlari hamda talabalari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida fakultet hududida “Alisher Navoiy bog’i” barpo etildi.
Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududga aylantirishga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda oliy ta’lim maskanimiz atrofini yanada ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat. Jamoaviy hamda uyushqoqlik bilan tashkil etilgan ushbu ma’rifiy, ekologik tadbir barchaga ko’tarinki ruh bag’ishlab, ushbu nihollar hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlashi alohida ta’kidlandi.