Bugun Navoiy davlat universiteti kengashining 1-sonli yig’ilishi o‘tkazildi. Yig’ilishni Kengash raisi — universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov olib bordi.
Yigi’ilish kun tartibidan 2 ta asosiy masala va bir nechta turli masalalar o‘rin olgan. Unga ko‘ra, universitetda ijro intizomi, magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori ijrosi, doktorlik dissertatsiya mavzularini tasdiqlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya etish hamda monografiya, risola va o‘quv adabiyotlarini nashrga ruxsat etish, raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, joriy yilda malaka oshirish rejasiga kiritilgan rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv faoliyati va attestatsiya natijalari tahlili, universitetda “Faxriylar Kengashi”ni tuzish, uning Nizomi va ish rejasini tasdiqlash, Jamoatchilik Kengashining yangi tarkibini tasdiqlash shu va boshqa bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi, tegishli qarorlar qabul qilindi.