“Atrof-muhit muhofazasi oyligi” munosabati bilan Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakultetida O‘zbekiston ekologik partiyasi Navoiy shahar kengashi rahbari A.Amonov ishtirokida “Ona tabiatni asraylik!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatda A.Amonov, avvalo, Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, deya belgilab qo‘yilganini ta’kidlab, yoshlarni tabiatning har bir ne’matidan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylashga chorladi. Zero, bu ona tabiatga kelajak avlod ham birdek haqlidir.