loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TABIATNI ASRASH SIZ-U BIZGA BOG’LIQ!

  Qadimdan ekologiya masalasi dolzarb bo‘lgan. Ajdodlarimiz ham tabiat in’omlariga hurmat bilan yondashib, ularni asrab-avaylab, pokiza saqlashga intilgan. O‘zimizdan qiyos qiladigan bo‘lsak, “Chiqindini ariqqa tashlama,hovli va ko‘chalarga chiqindi tashlama”, kabi o‘gitlar ota-onalarimizning doimiy tarbiya amallari edi. Afsuski, hozirda tabiatga nisbatan bunday munosabat unutilgandek.

Xalqimizda «Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi» degan maqol bor. Hattoki,bir giyoh turining yo’qolishi ham yashil olam muvozanatini buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. Borliqni asrash,hayvonot va nobotot olamiga g’amxo’rlik,tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish,iste’moldan ortiqcha suv jo’mraklardan oqishiga yo’l qo’ymaslik,suv havzalarini ifloslantirmaslik,axlatni duch kelgan joyga to’kmaslik,atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish hissini kuchaytirish oiladan, ta’lim muassasasidan boshlanmog’i zarur. Shu maqsadda, «Atrof-muhit muhofazasi oyligi» munosabati bilan Navoiy davlat universiteti Matematika-informatika fakultetida O’zbekiston ekologik partiyasi Navoiy shahar kengash tashkiloti rahbari A.Amonov ishtirokida «Ona tabiatni asraylik!» shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda A.Amonov, avvalo, Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, deya belgilab qo‘yilganini ta’kidlab, yoshlarni tabiatning har bir ne’matidan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylashga chorladi. Zero, bu ona tabiatga kelajak avlod ham birdek haqlidir. Davra suhbatida 120 nafardan ortiq talaba yoshlar ishtirok etdi. Hamda o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdilar.