Joriy yilning 9-noyabr kuni Nukus shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishi, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika marofini tashkil etildi. Mazkur jarayonlarda Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov hamda oliygoh matbuot kotibi K.Xolov ishtirok etdi. Rasmiy tadbirlardan soʻng universitet rektori hamda matbuot kotibi Qoraqalpogʻiston Respublikasining diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblangan Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston sanʼat muzeyida bo‘lishdi. U yerda xalq amaliy sanʼati, qadimiy va oʻrta asrlar Xorazm sanʼati, oʻzbek, rus va qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligini oʻzida aks ettirgan eksponatlar va ularning tarixi bilan yaqindan tanishdilar.