Bugun dunyo tez o‘zgarib, undagi voqealar, mafkuralar, g‘oyalar to‘qnashuvi bizni har qachongidan sergak va ogoh bo‘lishga undaydi. Inson o‘zi uchun halovat va tinchlikni o‘z idroki va bilimi bilan ta’minlaydi. Ammo bugungi voqelik tinchlikni ko‘plab mamlakatlar uchun hali hanuz orzu bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda tinchlikka rahna soluvchi omillar turlicha – davlatlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlar, fuqarolik urushlari, milliy va etnik nizolar, tabiiy ofat va boshqalar. Lekin bu omillarning ichida bugungi kunda eng xatarli va har qanday davlat tinchligi, osoyishtaligi uchun jiddiy havf solishga qodir bo‘lgan diniy ekstremizm va terrorizm ekanini har bir sog‘lom fikrli inson tan olmoqda. Diniy ekstremizm yoki terrorizm illatining so‘ngi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi. Yuqoridagilarni inobatga olib, NavDU “Fizika-texnologiya” fakulteti talaba-yoshlari bilan “Ogohlikni men qanday his qilaman” mavzusida davra suhbatlari tashkil etib borilmoqda.