Xabar berganimizdek, Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov topshirigʻiga asosan Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi I.Zaynutdinov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi A.Merzayev va boʻlim mutaxassilari tomonidan universitet talabalarining umumtaʼlim maktabalarida 4+2 dasturi asosida amaliyot olib borilayotganligi oʻrganilmoqda. Jumladan, yaqinda Navoiy shahridagi 3-umumtaʼlim maktabida talabalarning amaliyot vaqtida darslarga qatnashishi, talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash orqali tajriba orttirshlari uchun maktabdan biriktirilgan masʼul oʻqituvchi bilan birga olib borayotgan ishlari koʻrildi. Jarayonlar davom etmoqda.