Ma’lumki, davlatimiz rahbari yoshlar orasida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Shulardan ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu borada yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Shu maqsadda,Matematika-informatika fakulteti 1-bosqich talaba yoshlari o‘rtasida sportning Voleybol, shaxmat, shashka sport turlari bo‘yicha fakultet bosqichi tashkil etildi.