loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Institut malikasi” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-qizlari o‘rtasida “Institut malikasi» tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov 3 bosqichli shart asosida tashkil etildi.
1-shart: “Bu menman”.
2-shart: Tezkor savol-javoblar (1 daqiqada).
3-shart: Erkin mavzu.

8 nafar qizlar ishtirok etgan shartlada, 1-o‘rinni Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Umarova Ruhshona, 2-o‘rinni Tibbiyot fakulteti talabasi Xurshida Nosirova, 3-o‘rinni San’atshunoslik fakulteti talabasi Oyniso Ismatova egallab, keyingi,  hududiy bosqichga yo‘llanma oldilar.