Maktablarda o‘quvchilar bilan kasb tanlashga yo’llash bo‘yicha ishlar olib borish jarayonida ularni zamonaviy ishlab chiqarish poletexnik asoslari, fan-texnika taraqqiyoti davrida sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanish istiqbollari, ishchi va xizmatchilarning mehnat faoliyati mazmunidagi tegishli o‘zgarishlar bilan tanishtirish hamda ana shu masalalarni ishlab chiqarish muhitida aniqlashtirib berish lozim bo‘ladi. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakulteti “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalari bugungi kunda barcha yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli kasb-hunar sirlarini ham o‘rganib borishmoqda. Talabalarining pedogogik faoliyatga tayyorlash jarayonida, ularni metodik-pedogogik bilimlarini, mehnat ko’nikma va malakalarini, mehnat madaniyati va kasbga doir mahoratini oshirish, umumiy o‘rta o‘quv yurtlarida kasbga yo‘naltirish masalasini metodik jihatdan to‘g‘ri va ijodiy yondashib tashkil qilish hamda o‘tkazish imkonini beradi. Kasb tanlash ishiga nisbatan qo’yiladigan eng muhim talab-o’quvchilarning yuksak darajada faol bo’lishi lozimligidir, bu faollik kasbiy tarbiya, kasb tanlash negizlarini shakllantirish hisobiga ta’minlanadi. Institutimiz tomonidan olib berilgan zamonaviy asbob-uskunalar, bu kabi to‘garaklarga yoshlarining qiziqishlarini kundan-kunga ortib borishida zamin bo‘lmoqda.