Beqiyos imkoniyatlar-u orzu-umidlarga to‘la talabalik davrini o‘tkinchi havaslarga sarf etish kelajakni yo‘q qilish demakdir yohud kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshi!
Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetida yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlariga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda institut profikaktika inspektori M.Tursunov ishtirok etdi. Shuningdek, fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari hamda tyutorlar bilan bunday salbiy holat va huquqbuzarliklar sodir etilmasdan, ularning oldini olish, jinoyat sodir etishga moyilligi bor talabalar ishtirokida profilaktik tadbirlar tashkil etish, ular bilan induvidal tarzda suhbatlar o‘tkazish kabi muhim chora-tadbirlar yuzasidan ham suhbatlashildi.