Joriy yilning 29-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida Navoiy viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul rahbar va xodimlari ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yoʻnalishlari” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda talabalarga masʼullar tomonidan bugungi kundagi dinni “niqob” qilib, jamiyatdagi notoʻgʻri talqini haqida, internetdagi tahdidlardan ogoh boʻlish, yoshlarni dunyoviylik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish hamda ularda yot gʻoyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitetni shakllantirish toʻgʻrisida barcha zarur maʼlumotlar berib oʻtildi. Talabalar esa oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan kerakli javoblarni oldilar.