loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida bugun Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, telejurnalist Mansur Yunusov bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

M.Yunusov 1982-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1999-yildan boshlagan ijodkor bir qator davlat idoralarida va tahririyatlarda samarali mehnat qilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti.

Ijodiy uchrashuv chog’ida ishtirokchi inson ma’naviyatini yuksalishida badiiy asarlarning o’rni, hozirgi kundagi olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari hamda o’z mehnat faoliyati yuzasidan yoshlarga gapirib berdi. Ushbu tadbirda shoir o‘z tavsiyalarini taqdim etib, talabalar bilan ijodiy fikr almashdi. Shuningdek, shoir o‘zining ijod yo‘li, hayotiy tajribasiga tayangan xulosalari asosida yoshlikni qadrlash, ilmga va kitobga talpinish, Vatan taqdiriga mas’ullik yuzasidan dolzarb fikrlar bildirdi. Shoirning Vatan, inson ruhiyati, tarbiya mavzularidagi she’rlari qatnashchilarga manzur bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni adabiyotga va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga, yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarishga va albatta yoshlar o‘rtasida sog‘lom do‘stona muhitni qaror toptirishga xizmat qilishi shubhasiz.