loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut hududidagi saylov uchastkalari koʻzdan kechirildi

Kuni kecha, 25-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov institut hududidagi saylov uchastkalarida saylovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Jumladan, “Janubiy” mahallasi hududida joylashgan Fizika-texnologiya, Matematika-informatika fakultetlari binosi 7-saylov uchastkasi, “Zarafshon” mahallasida joylashgan Ingliz tili va adabiyoti, Rus va qozoq filologiyasi fakultetlaridagi 24-saylov uchastkasi, institut huzuridagi akademik litseyi binosi saylov uchastkasi hamda Navbahor koʻp tarmoqli texnikumidagi 343-uchastka saylov komissiyalarida saylovchalar uchun hozirlangan joylar koʻzdan kechirildi.