loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy shahrida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi o‘tkazildi!

Tanlov 7 ta asosiy va 3 ta qo‘shimcha nominatsiyalar asosida o‘tkazildi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – har bir tashkilotda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish;

✔️tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarni joriy etish;

✔️gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik e’tiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish;

✔️gender tenglikni ta’minlash sohasida tashkilotlarning ilg‘or tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targ‘ib qilish;

✔️xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan iborat.

📍Tanlovda jami 6 nafar xotin-qizlar ishtirok etib, shundan 5 nafari viloyat bosqichiga qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati