loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi e’lon qilindi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Madaniyat vazirligi hamkorligida Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi e’lon qilindi.

Nomoddiy madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va talaba-yoshlar ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy maqolalar quyidagi 5 ta yo‘nalishda qabul qilinadi:
– o‘zlikni namoyon qilish (folklor)ning og‘zaki an’analari va shakllari;

– ijrochilik san’ati (maqomchilik, sozandachilik, raqs, taqlidchilik, so‘z ustasi, qo‘g‘irchoqbozlik, dorbozlik,..);

– jamiyat urf-odatlari, marosim va bayramlari (oilaviy, xalq, kasbiy va mavsumiy marosimlar);

– tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar (tabobat va koinot bilan bog‘liq marosimlar, an’anaviy tabobat, milliy taomlar);

— an’anaviy hunarmandchilik (qo‘g‘irchoqsozlik, kulolchilik, ganjchkorlik, do‘ppido‘zlik, miniatyura) bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar.

G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ilmiy-ijodiy ishlar 10-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda siz ham faol ishtirok eting!