1989-yil 21-oktabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinganiga 35 yil toʻlishi munosabati bilan talabalarda davlat tiliga nisbatan iftixor, hurmat, oʻzbek tilini yaxshi bilishga targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan “Tariximsan, taqdirimsan, onajon tilim!” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir oʻzgacha ruhda va koʻtaringi kayfiyatda oʻtkazildi. Badiiy-adabiy kechada Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻzbek tilining shakllanishi, rivojlanishi va bugungi kunga kelib qadri, iftihori kabi tuygʻularida tilimizning naqadar oʻrni beqiyos ekanligi haqida fikrlar bildirildi. Fakultet talabalarining sahna koʻrinishlari, sheʼriy chiqishlari tadbirga jozibadorlik baxsh etdi.