21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi va tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat faollari, tilshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, tashkilot va muassasalar jamoalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi ham faol qatnashib, Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qoʻyib hurmat bajo keltirdilar. So‘ngra oliygoh rektori, professor Muxiddin Kalonov so‘zga chiqib, ushbu qutlig’ sana bilan yig’ilganlarni muborakbod etdi.