loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tabiiy fanlar fakultetida “Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzuida tadbir o‘tkazildi

Til — millatning oʻtmishi, buguni va ertasini bogʻlab turadigan mustahkam koʻprik.

Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yoʻnalishi guruh tyutori O.I.Abdullayeva tashabbusi bilan Geografiya yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirni Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi dotsenti N.J.Muxammedova va Kimyo kafedrasi o‘qituvchisi PhD S.R.Botirovalar ochib berdilar. Shundan soʻngg, fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan tadbirning badiiy qismi namoyish etildi.