Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti dekani O.Raximov boshchiligidagi maxsus ishchi-guruh tomonidan Uchquduq tumanidagi 8-14-umumta’lim maktablari faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Xususan, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarini mahalla va keng jamoatchilik vakillari, oliy ta’lim bilan hamkorlikda uzviy tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jarayonda maktablarni isitish tizimi, o‘quv tarbiya jarayoni, “Abituriyent shtabi”, kutubxona, to‘garaklar faoliyati, ta’lim muassasalarida me’yoriy hujjatlar bilan ishlash holati o‘rganildi. Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.