Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida institut rektori Massachusetts texnologiya instituti Ta’lim laboratoriyasi direktori bilan uchrashdi. Xabar berib borayotganimizdek, Yangi O‘zbekiston universitetida Markaziy Osiyo Universitetlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashib, ular bilan ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy sohalarida hamkorlik qilish borasida kelishuvlarga erishmoqda. Jumladan, Massachusetts texnologiya instituti Ta’lim laboratoriyasi direktori, shuningdek, Garvard Universitetida faoliyat yuritadigan Anjali Sastry bilan institutning ta’lim tajribasini NDPIga joriy etish, bunda o‘quv dasturlarini takomillashtirish, sillabus va o‘quv materiallarini modernizatsiya qilishga oid loyihalar yaratish bo‘yicha fikr almashdilar. Shu bilan birga, Massachusetts texnologiya institutidagi o‘quv va ilmiy laboratoriyalaridan vertual foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Ma’lumot uchun, Massachusetts texnologiya instituti AQShda va jahonda yetakchi universitet hisoblanadi. Institut, MIT Lincoln laboratoriyasi, Bates markazi va Haystack rasadxonasi kabi bir qator yirik kampusdan tashqari muassasalarni, shuningdek, Broad va Whitehead institutlari singari filiallarni oʻz ichiga oladi. 1930-yillarda Karl Compton va Vannevar Bushlarning universitet taʼlim dasturiga kiritgan oʻzgarishlari natijasida universitet fundamental ilmiy izlanishlarga yanada chuqurroq yoʻnaltirilgan.