loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Navoiy shahridagi “Kimyogar” sport majmuasida tog‘-kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, energetika, qurilish materiallari va elektrotexnika sohalariga ixtisoslashgan Navoiy viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Sanoat yarmarkasida korxona va tashkilotlar rahbalari qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ham ishtirok etib, korxonalar tomonidan taqdim etilgan sanoat ko‘rgazmalari bilan tanishdi.

Mahalliylashtirish dasturi bilan uyg‘un kechayotgan sanoat kooperatsiyasi ichki imkoniyatlarni ishga solish, tezkor yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali ustuvor tarmoqlarning xalqaro va mintaqaviy hamkorlik doirasida ham har jihatdan o‘z ta’sir darajasini kuchaytirish kafolatidir.