loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Kelgusida O‘zMU huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlanish markazi bilan ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik qilinadi

Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston Universitetida start olgan Markaziy Osiyo Universitetlari forumi doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Mirzo Ulugbek nomidagi Uzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi rahbari, Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir va pedagog Abdulla Avloniyning nabirasi Jamshid Avloniy bilan ko‘rishib, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish va Nanotexnologiyalarni rivojlanish markazi bilanbirgalikda hamkorlik tuzishga kelishib olindi.

Kimyo fanlari nomzodi, falsafa doktori, polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi boʻyicha muhandis Jamshid Avloniy 1956-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1991-yildan shu kunga qadar AQSHda kimyo yoʻnalishida katta tajriba orttirgan. 2015-yildan buyon AQSHdagi ConTex LLC kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Olim 2018-yili olgan bilim va tajribalarini yurtimiz taraqqiyoti yoʻlida qoʻllashni maqsad qilib qaytib keldi. Hozir Jamshid Avloniy Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilgʻor texnologiyalar markazida faoliyatini davom ettirmoqda.