loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Janubiy Koreyaning Sejong universiteti bilan hamkorlik o‘rnatiladi

 Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston Universitetida Markaziy Osiyo Universitetlari forumi doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Janubiy Koreyaning Sejong universiteti professori, Fizika fanlar akademiyasi prezidenti Suklyun Hon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Sejong universiteti bilan ilmiy ishlarni rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy loyihalar yaratishga, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazishga, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etishga hamda hamkorlikda o‘quv dasturlari yaratishga kelishib olindi.

Sejong universiteti Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan. 1940 yilda tashkil etilgan, dastlab Kyung Sung Gumanitar fanlar instituti (Kyung Sung Humanities Institute) deb nomlangan. Chosun sulolasining to‘rtinchi qiroli va koreys tili alfaviti (Hangul)ni ixtirochisi Buyuk Sejong nomiga bag‘ishlab, 1978 yilda Sejong universiteti nomi berilgan. 16 mingga yaqin talaba va minglab aspirantlari bor Sejong universitetida 9 ta kollej bor: san’at kolleji, ijtimoiy fanlar kolleji, biznes boshqaruvi kolleji, mehmonxona va turizm menejmenti kolleji, tabiiy fanlar kolleji, elektronika va axborot muhandisligi kolleji, muhandislik kolleji, san’at va jismoniy tarbiya kolleji, umumta’lim fakulteti va yettita aspiranturaga ega. Universitet Janubiy Koreya universitetlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda, Osiyoda kichik va o‘rta hajmdagi tibbiiyot yo‘nalishi bo‘lmagan universitetlar ichida 18-o‘rinda turadi.