O’zbek tili va adabiyot fakultetida xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Munira Xudoyorova tomonidan sana munosabati bilan «Madhingizga qalam ojiz» mavzusida tarbiyaviy soat tashkil etildi. O’zbek adabiyotida yaratilgan betakror asarlarning umrini qishloq xo’jaligining turli sohalariga bag’ishlagan prototip timsollari hayoti ibrat qilib ko’rsatildi. Hamid Olimjonning «Zaynab va Omon»idan , Mirtemirning «Toshbu»sidan, Abdulla Qahhorning «Sinchalak»i dan boshlab, bugungi kunda ham o’z o’quvchilariga ega bo’lgan – qishloq ayollari haqidagi Guljamol Asqarovaning «Qishloq ayollar»iga va Xosiyat Bobomurodovaning “Cho’l malikasi» dostonlarigacha bo’lgan asarlar tahlil qilindi.