Navoiy viloyati soliq boshqarmasida jadid adiblarimiz adabiy merosini o’rganish, qatag’on qurbonlari xotirasini yod etishga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Navoiy davlat pedagogika instituti o’qituvchisi D.Soibov mavzu yuzasidan so’zga chiqib, yurtimiz taraqqiyoti uchun ayniqsa, ilm-ma’rifat yo’lida muhim islohotlarni boshlab bergan ziyoli ajdodlarimizning hayot yo’li, ular qoldirgan boy madaniy meroslar hamda millat ziyolilarining qatag’onga uchrashi – og’ir qismati xususida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi. Soliq xizmati xodimlari mavzu yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.