loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Viloyatning ta’lim sifati yangi bosqichga olib chiqiladi

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazini zamonaviy qiyofaga keltirish, ta’lim sifatini yangi darajaga ko‘tarish, uning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, navoiylik o‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish, malaka tizimini mazmunan boyitish maqsadida viloyat rahbari Normat Tursunov boshchiligida ta’lim muassasalari rahbarlari, jumladan Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdilar.

Xususan, institutning yangi binosi, inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyada videodarslar tasvirga olinish jarayonlari, shuningdek, konferensiya zali, kompyuter va seminar xonalari, axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, oshxona va boshqa sharoitlar viloyatimiz rahbarlariga katta qiziqish uyg’otdi. Malaka oshirishga kelgan pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi binosini ham ko‘rdilar.

Tanishuv so‘nggida viloyat rahbari hududdagi pedagogik mahorat markazini yangi va zamonaviy ko‘rinishda barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma berdi.