loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalar turar joyida “Quvnoq startlar” estafeta o‘tkazildi

 Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar turar joylarida 5 muhim tashabbus doirasida turli to’garaklar, loyihalar, jumladan, “Student party”, “Quvnoq Startlar”, “Zukko Kitobxon” kabi bir qator tadbirlar o‘tkazilib borilyapti.

Kuni kecha yoshlar ittifoqi BT koordinatorlari Z.Bekboyev hamda tyutorlar hamkorligida 2-sonli talabalar turar joyida «Quvnoq Startlar» musobaqasi tashkil etildi.
Murosasiz, bir-biridan qiziqarli tarzda o’tgan bahslarda «Quvnoqlar» hamda «Olimpiakos» jamoalari o‘zaro do‘stona raqobatga kirishishdi. Adrenalinga boy o‘tgan bahslarda «Quvnoqlar» jamoasiga omad kulib boqdi.