loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Marhum ustoz Zauresh Yelemesova xotirlandi

O‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak bahoga munosib! O‘zida talabchanlik, mas’uliyatlilik, aniqlik, teranlik, tashabbuskorlik bilan bir qatorda qat’iylik va talabchanlik fazilatlarini jamlagan faxrli ustoz Yelemesova Zauresh Aytbayqizi nafaqat o‘z pedagogik faoliyatini, balki o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullikni ham yuqori professional darajada bajargan. U 1995-2020-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutida o‘qituvchi lavozimida ishladi. Mehnat faoliyatini Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida matematika fani o‘qituvchisi bo‘lib boshlab, Boshlang‘ich ta’lim kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimigacha ko‘tarilib, dotsent bo‘ldi.

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida «Ustozlar xotirasi hamisha qalbimizda” deb nomlangan xotira tadbiri tashkil etildi. Tadbirda so’z olgan Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar ishlari bo’yicha birinchi prorektor X. Qurbonov tomonidan marhum ustoz Z.Yelemesovaning go‘zal fazilatlari, mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari, OTM nufuzida tutgan o’rni, ezgu niyat ila amalga oshirgan ishlarini yodga oldi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani G. Shamsidinova, Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mudiri M.Ernazarova, Boshlang’ich ta’lim kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda ustozning oila a’zolari, yoru-do’stlari, hamkasblari va shogirdlari tomonidan ustozning ibratli hayot yo‘li, samarali mehnat faoliyati, ilmiy izlanishlari, shogirdlariga ko‘rsatgan mehri xususida iliq fikrlar bildirib o’tildi.