loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan. Bu sana har yili jahon bo’ylab nishonlanadi.

Sana munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti barcha fakultetidan talaba qizlar oʻrtasida “LIDER QIZLAR” hamda “SIZ QONUNNI BILASIZMI?” mavzusida “ZAKOVAT” intellektual oʼyini o’tkazildi.

Tadbir qizg’in bahs va munozaralarga boy bo’ldi. Yakuniy natijalarga ko’ra, 1-o’rinni O’zbek tili va adabiyoti fakultetining “MILLIY” jamoasi, 2-o’rinni Tarix fakultetining “MERITOKRATIYA” jamoasi, 3-o’rinni Ingliz tili va adabiyoti fakultetining «O’ZBEK QIZLARI” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ushbu kun munosabati bilan barcha fakultetlarda hamda talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, viktorinalar, intellektual bahslar o‘tkazilmoqda.