“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Navbahor tumanidagi 17-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Normurod Norqobilov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Adabiy uchrashuvda Tarix fakulteti dekani Rustam Qarshiyev, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekan o‘rinbosari Qobil Umarovlar hamrohlik qilishdi.
Adabiy suhbat davomida adib yoshlarga adabiyot, she’riyat, kitobxonlik haqida o‘z umr yo‘llari va boy ijodiy tajribasi asosida gapirib berarkan, maktab darsliklarida aks etgan hikoya va she’rlar mualliflari bilan muloqot o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, yozuvchi o‘z asarlari parchalardan o‘qib berishdi hamda yoshlarning ijodiy mashqlarini tinglab, ularga kerakli tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida yozuvchi Normurod Norqobilov maktabda tashkil etilgan intellektual bellashuvlarda ishtirok etib, maktab kutubxonasi uchun o‘z asarlaridan taqdim etdi.