Navoiy shahridagi 7-sonli umumta‘lim maktabida Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan «Ma‘rifat ulashib» loyihasi doirasida tashrif buyurgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoir O‘roz Haydar ishtirokida adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jarayonda shoir tomonidan o‘quvchilarga adabiyot, she‘riyat, kitobxonlik haqida, bolalik davrlari, ilk asarlari haqida gapirib berdi.
Shuningdek, adib o‘z asarlaridan o‘qib berdi hamda yoshlarning ijodiy mashqlarini tinglab, ularga kerakli tavsiyalar berildi. Ijodiy uchrashuv davomida maktab o‘quvchilarining shaxmat hamda rassomlik qobilyatlari tanishtirildi.