loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut professor-ustozlari tomonidan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida mahorat darsi o‘tildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi «Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan edi. Farmon ijrosi doirasida Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Turon fanlari akademiyasining faxriy akademigi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori, Navoiy davlat pedagogika instituti professori Abduhamid Xolmurodov hamda fizika-matematika fanlari boʻyicha pedagogika fanlari doktori, professor Ahmedov Ahad Axrorovich bilan uchrashuv tashkil etildi. Maktabda tashkil qilingan «Yosh akademiklar» klubi aʼzolariga faxriy akademik A.Xolmurodov tomonidan mahorat darslari oʻtib berildi.