Navoiy davlat pedagogika instituti Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi, O‘zbek tili va adabiyoti, Tarix fakultetlari hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan talabalar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi. FVBga qarashli yong‘in o‘chirish va yong‘in-qutqaruv ekipajlari ham qatnashgan tadbirda mutaxassislar tomonidan talabalarga birlamchi yong‘in o‘chirish vositasining ishlatilishi, yong‘in-qutqaruv asbob-anjomlari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Mazkur tadbir talabalarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, is gazi, yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq bilimlarini rivojlantirish, shuningdek, talabalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida mas’uliyat hissini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.